Farg‘onada 12 tup daraxt qo‘porib tashlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 may kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Andarxon” chegara posti yonida noqonuniy daraxtlar qo‘porib tashlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Unda aytilishicha, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani “Andarxon” chegara posti yonida manzarali 3 tup tol hamda 9 tup archa daraxtlari noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda ildiz qismidan qo‘porilib tashlangan. Oqibatda umumiy hisobda qarib 100 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

“Hozirda huquqbuzarlar shaxsiga oydinlik kiritish va huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Eslatib o‘tamiz,Toshkent shahrining markaziy ko‘chasidagi daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar tarqalgandi. Mas’ul vazirlik bu holatga izoh berar ekan obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi tomonidan tegishli xulosa asosida amalga oshirilganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun jarima miqdorlari oshirilgan edi. 3 may kuni Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisida noqonuniy daraxt kesganlik yoki kundakov qilganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 4 ta moddasida javobgarlik belgilangan. Mazkur moddalarda bir xil ma’muriy huquqbuzarlik uchun turli miqdordagi jarimalar va nomutanosiblik mavjudligi inobatga olinib, o‘zgartishlar orqali bir turdagi ma’muriy huquqbuzarlikka nisbatan bitta moddada bir xil javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona daraxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing