Farg‘onada 1 yanvardan qoidabuzarlar dron yordamida aniqlanadi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020 8496 1 daqiqa
2021 yil 1 yanvardan Farg‘ona viloyati bo‘ylab, uchuvchisiz uchadigan qurilmalar yordamida huquqbuzarliklar fiksatsiya qilinadi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ushbu qurilmalar yordamida kunu-tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni hamda tibbiy niqobdan foydalanmagan, jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari aniqlanadi.
“Hurmatli fuqarolar maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib moliyaviy ziyon yetkazish emas. Aksincha, inson hayoti va sog‘ligiga daxldor bo‘lgan qoidalarga amal qililishingizni ta’minlashga qaratilgan”, deyiladi IIB xabarida.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr