Farg‘onada 1 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi (video)
3-sahifa
−
10:14 539 1 daqiqa
Farg‘ona tumanida ovqatlanish maskani tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Farg‘ona” Gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Farg‘ona tumanida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida tumanning “Bo‘ston” MFY, Yetti chinor ko‘chasida joylashgan ovqatlanish maskani loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan. To‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida novvoyxona tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan edi.
Live
Barchasi