Farg‘onada harakatlanayotgan Damas’dan sakragan yigitni boshqa Damas bosib ketdi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida harakatlanayotgan Damas’dan sakragan yigitni boshqa Damas rusumli avtomobil bosib ketdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yilning 16 iyul kuni Qirguli mavzesi Shifokorlar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Fuqaro N.K. boshqaruvidagi  Damas rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakragan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.

Oqibatda D.P. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made