Farg‘onada ham soxta Milliy gvardiya xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 aprel kuni Farg‘onada Milliy gvardiyaning soxta xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 09:30 larda Marg‘ilon shahrida joylashgan Biznesni rivojlantirish bankida Qo‘riqlash boshqarmasining dala kiyimida yurgan notanish shaxs xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Qo‘riqlash xizmati xodimiman, deb yurgan ushbu shaxs aslida Marg‘ilon shahar "Yangihayot" mahallasida yashovchi 20 yoshli fuqaro ekani aniqlangan.

U Marg‘ilon shahri IIB mas’ul xodimlariga topshirilib, harbiy kiyim-kechaklari va boshqa anjomlari olib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Toshkentning "Eski Juva" bozorida Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Milliy gvardiya xodimi soxta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing