Farg‘onada ham qimmat narxda qo‘lda benzin sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida AI-80 markali benzin yonilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Unga ko‘ra, holat departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

26 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida AI-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Ulardan jami 5 626 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nukusda AI-80 benzinini noqonuniy sotayotgan shaxs aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona viloyati AI-80

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing