Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligi rivojlantiriladi – Prezident qarori
Jamiyat
−
20 iyul 2019
3388O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan:
Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilishi;
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun mas’ul organ ekanligi;
Loyiha doirasida kredit mablag‘larini o‘zlashtirish 2019 yil sentyabr oyidan boshlanishi;
Loyiha maqsadlarida xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz Moliya vazirligi tomonidan qaytarilishi belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
LiveBarchasi