Farg‘ona viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
27 iyul 2023
16019Avvalroq faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilgan edi. Mazkur lavozimga Prezident Shavkat Mirziyoyev Azizbek Ikromovni tayinladi.
Ma’lumot uchun, Azizbek Ikromov bunga qadar Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus va Navoiy shaharlariga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etilib, Prezident qarori bilan Umid Shodiyev qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr