Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
20 may 2021
9052Iqboljon Odiljonovich Ergashev Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Iqboljon Ergashev 1981 yil 26 mayda Quva tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Farg‘ona davlat universitetini hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
2002-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi viloyat boshqarmasida, 2010-2016 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Iqboljon Ergashev 2016 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib faoliyat olib borayotgandi.
LiveBarchasi