Farg‘ona va Surxondaryoda chiqindi poligonlari talab darajasida emasligi ma’lum қилинди
Jamiyat
−
24 may 2019
31802019 yil 23 may kuni Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining chiqindilarni saqlash, ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilishga doir talablariga oid qismining Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida ijro etilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
QALAMPIR.UZ muxbiri ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatida maishiy chiqindilarni ko‘mishga mo‘ljallangan 23 ta poligon mavjud bo‘lib, yiliga o‘rtacha 1,6 mln tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Ular tomonidan viloyat aholisining 51 foiziga xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, qog‘oz, shisha, yaroqsiz avtomobil shinalari, polietilen mahsulotlar qoldiqlari va boshqa turdagi chiqindilarini qayta ishlashga ixtisoslashgan jami 20 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Oliy Majlis Senati a’zosi Turg‘un Iskandarov bu borada batafsil ma’lumot berdi.
Senator hududdagi chiqindi poligonlari talab darajasida emasligini ta’kidlab, chiqindilarni olib chiqib ketish va ularni utilizatsiya qilish uchun maxsus texnikalarning yetishmasligi aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini pasaytiriyotgani va bu turli noroziliklarni keltirib chiqarayotganiga urg‘u berdi. Shu o‘rinda, viloyatdagi poligonlarning 5 tasi o‘ralmagani, 6 tasida sanitar tarmoq, 7 tasida maishiy xona hamda 8 tasida texnika yuvish joyi va dizbarer mavjud emasligi xususida so‘z yuritdi.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida bu borada olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtaldi. Xususan, viloyatda maishiy chiqindilarni qo‘mishga mo‘ljallangan 13 ta poligon mavjud bo‘lib, yiliga o‘rtacha 2,7 mln. tonna chiqindi xosil bo‘ladi. Ularning 11 tasi “Toza hudud” DUK ga qarashli bo‘lib, mahalliy aholining 42 foiziga xizmat ko‘rsatadi. Ixtisoslashgan 18 ta xo‘jalik yurituvchi su’bekt tomonidan qog‘oz, politilen va teri qayta ishlanmoqda.
Bundan tashqari, “Toza hudud” DUKga qarashli poligonlarni 2017-2018 yillarda qayta ta’mirlash uchun mahalliy byudjet mablag‘laridan 7,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ushbu yo‘nalishdagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Misol uchun, Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Qo‘mqo‘rg‘on tumanlarida markaziy chiqindixonalar devor bilan o‘ralmagan, ularda sanitar tarmoq, maishiy xona, texnika yuvish joyi va dizbarer umuman yo‘q. Bundan tashqari, viloyatdagi chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan qorxonalarning asosiy қисми kadastr va davlat ekologiya ekspertizasining xulosasini olmasdan faoliyat yuritmoqda.