Mirziyoyev AQSH senatorini qabul qildi
Jamiyat
−
06 noyabr 2722 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Davlat rahbari parlamentlararo aloqalarga, xususan, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus faoliyatiga yuqori baho bergan.
Ikki tomonlama hamkorlikda misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Senator Stiv Deyns vakillik qilayotgan Montana shtati bilan faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shtat ishbilarmonlarining delegatsiyasini O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrif doirasida kecha, 5 noyabr kuni o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qilgandi.
Live
Barchasi