Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram sahifasida xabar berdi.

Administratsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘lgani aytilgan.

Shuningdek, Parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish haqida ham suhbat olib borilgan.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman”, degan Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti taqdirlash marosimi doirasida o‘tkazilgan global forumning ochilish marosimida nutq so‘zlagandi.

“Insoniy birodarlik majlisi” deb nomlangan yirik anjumanda xorijiy mamlakatlarning birinchi xonimlari, Nobel mukofoti sohiblari, BMT agentliklari va yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, BAA va Ko‘rfaz davlatlarining yuksak martabali siyosatchilari, vazirlar va davlat arboblari, shuningdek, texnologiya va sun’iy intellekt etikasi sohasidagi yetakchi olimlardan iborat 150 nafar nufuzli mehmon ishtirok etgan.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Senat Saida Mirziyoeva Maulen Ashimboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing