Farg‘ona SSBga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
14 mart
4332Bobur Primqulov Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bobur Primqulov 2013 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Uchko‘prik tumanidagi “Yakka mulla” qishloq vrachlik punktida umumiy amaliyot shifokori sifatida boshlagan.
Turli yillarda Farg‘ona viloyat onkologiya dispanseri onkolog-shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktorining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u Turkiyaning Acibadem va AQSHning Memorial Sloan Kettering Cancer Center kabi klinikalarida malaka oshirgan.
Tayinlovga qadar Bobur Primqulov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
LiveBarchasi