Farg‘ona Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari o‘zgardi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib Abduqayum Yo‘ldoshevich To‘xtaqulov tayinlandi. Bunga qadar mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Husan Hasanovich Mamajonov esa vazifasidan ozod qilindi.

53 yoshli Abduqayum To‘xtaqulov Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi sifatida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam markazi xirurgi, Beshariq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Abduqayum To‘xtaqulov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori vazifasida ishlab kelgan. U bu lavozimga 2019 yilda tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

sog'liqni saqlash boshqarmasi

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing