Farg‘ona shahri hokimi ham o‘zgardi
Jamiyat
−
24 yanvar 2022
8788Bugun, 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Vosiljon Nazarov Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019-2021yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U 2021 yildan shu kunga qadar Bag‘dod tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, Bag‘dod tumaniga Yusufjon Husayinov hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.