Farg‘ona hokimining o‘rinbosari Belarusga elchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Minskka yetib borgan. Bungacha Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari­ – ­ investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Nuriddin Mamajonov 45 yoshda. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Chexiyaning Bogemiya markaziy universitetini tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining (Praga) biznes boshqaruvi doktori (DBA) darajasiga ega.

Shuningdek, yangi elchi O‘zbekiston Adliya va Tashqi ishlar vazirliklarida, Germaniyadagi elchixonada, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonada turli lavozimlarda ishlagan. 2022–2023 yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Rahmatulla Nazarov investitsiya va tashqi savdo masalalariga befarqligi uchun lavozimidan ozod etilgandi. Nuriddin Mamajonov 2024–2026 yillarda O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Rahmatulla Nazarov o‘rniga tayinlandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing