Farhod Dehqonov qo‘yib yuborildi
3-sahifa
−
11 Sentabr 2022
21875Xabaringiz bor, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov Chilonzor tumanida 58 tup daraxt kesib tashlangani bo‘yicha 9 sentyabr kuni hibsga olingan edi. Ushbu holat jamoatchilikning muhokamasi va e’tiroziga sabab bo‘lgandi.
Farhod Dexqonov kecha, 10 sentyabr kuni tunda qo‘yib yuborilib, oilasi bag‘riga qaytdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
“Daraxtkesarlarga qarshi kurashadigan organ rahbari hibsga olinishi jamoatchilikni larzaga keltirdi. Ayniqsa, bu ekologiya tizimidagi xodimlarga shashtni so‘ndiradigan darajada qattiq zarba bo‘ldi.
Hayriyatki, hammasi ortda qoldi.
Ekologlar ruxni cho‘ktirmaymiz!
Fursatdan foydalanib, vaziyatni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qilinishiga hissa qo‘shgan Bosh prokurorimizga minnatdorlik bildiraman”, deydi Kusherboyev.
Bosh prokuraturaning kecha, 10 sentyabr kuni tarqatgan dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Farhod Dehqonov Toshkent shahar Ekologiya va atrofni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelib, asosiy vazifasi ekologiya va atrofni muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish kerak bo‘lgan holda, o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, go‘yoki daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat berganligi vaji bilan ularni nobud qilinishiga sharoit yaratib bergan. Shu bois u Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 58 tup manzarali va mevali daraxtlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq borligiga qaramay xususiy quruvchi kompaniyai tomonidan ildizi bilan kesib tashlangandi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 797 700 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan deb baholadi. Bosh prokuratura quruvchi tashkilot rahbari tabiatga yetkazilgan 797,7 mln so‘m zararni to‘liq qoplaganini ma’lum qildi.
Holat bo‘yicha quruvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi