“Farhod dehqon bozori” direktori va uning o‘rinbosari hibsga olindi

3-sahifa

image

Huquq-tartibot idoralari Toshkentdagi “Farhod dehqon bozori” AJ direktori hamda uning xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosarini qo‘lga oldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 5 aprel kuni Toshkent shahar IIBBga “Farhod dehqon bozori” AJ hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Unda bozor direktori va uning xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent shahar Hokimining 2021 yil 19 fevraldagi 203-sonli “Elga xizmat” va “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari” savdo nuqtalaridan to‘lov olinmasligi haqidagi qaroriga zid ravishda, bozordan chiqarib yuborish bilan qo‘rqitib, 2021 yil sentyabr oyidan buyon har 10 kunlik savdo faoliyati uchun kassir orqali 660 000 so‘m olib kelayotganligini, hozirda oxirgi 2 oy uchun noqonuniy ravishda 3 400 000 so‘m to‘lashni talab qilayotganini bildirilgan. Tadbirkor ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Toshkent shahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, AT “Xalq banki” Uchtepa filialining “Farhod dehqon bozori” AJga xizmat ko‘rsatuvchi kassiri, xizmat xonasida ariza muallifidan 3 400 000 so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, uning yonidan kunlik tushumdan inkassatsiya qilingan 8 300 000 so‘m va inkassatsiya qilinmagan 9 150 000 so‘m pul mablag‘lari borligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida “Farhod dehqon bozori” AJ direktori hamda uning xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari ushlanib, uning Gentra rusumli avtomashinasidan 24 967 000 so‘m pul mablag‘i borligi aniqlanib, olingan.

Holat yuzasidan 2022 yil 6 aprel kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 224-moddasi tartibida ushlanganlar. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

tovlamachilik

Baholaganlar

767

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing