G‘alabali qaytish: Konor raqibini yanchib tashladi (video)

Sport

Bugun, 19 yanvar kuni (amerika vaqti bilan 18 yanvar) irlandiyalik sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik Donald Serronega qarshi jang qildi. Bu irlandning uzoq tanaffusdan keyin ilk jangi bo‘ldi.

UFC 246 musobaqasining asosiy jangi hisoblangan Makgregor Serrone jangi birinchi raunddayoq irland foydasiga hal bo‘ldi. Konor jang boshlanishi bilan hujumga o‘tib, 40 soniyada Serroneni nokautga uchratdi. 

Eslatib o‘tamiz, Konor so‘nggi bor 2018 yil 6 oktyabrda Habib Nurmuhamedovga qarshi jang qilib, mag‘lubiyatga uchragandi. 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Donal'd Serrone

Baholaganlar

192

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing