Senatorlarga guvohnomalari topshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolariga guvohnomalar va ko‘krak nishonlari topshirildi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, (O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14-moddasi) Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zosiga guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi. Shundan kelib chiqib Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov senatorlarga guvohnomalar va ko‘krak nishonlarini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi 2020 yil 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Senat Oliy Majlis

Baholaganlar

87

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing