Yaponiya 6G’dan foydalanishga o‘tadi
Texnologiya
−
23 yanvar 2020
6033Nikkei’ning yaqinda taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, Yaponiya “5G’dan so‘ng” loyihasi ustida ishlamoqda. 6G texnologiyasi 2030 yilga kelib ma’lumotlarni uzatish tezligini 5G’dan 10 baravar tezroq ta’minlaydi. Hisobotda ta’kidlanishicha, Xitoy, Janubiy Koreya va Finlyandiya ham ushbu segmentda tadqiqotlar, ishlanmalar va investitsiyalarni boshlashdi.
Yaponiya Ichki ishlar va aloqa vazirligi yanvar oyida Tokioning Goshinjin universiteti mutaxassislari boshchiligida va umumiy ishlar vaziri Takao Sanaening bevosita nazorati ostida hukumat va fuqarolik tadqiqot jamiyatini tuzishni rejalashtirmoqda. NTT va Toshiba’ning vakillari iyun oyiga qadar 6G ishlash maqsadlari va siyosatni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun taklif qilinadi.
Mamlakat 6G tadqiqotlari va ishlanmalariga 2,03 milliard dollar investitsiya kiritmoqda. Yangi aloqaning tezligi hayratlanarli - 100 Gbit/s. Foydalanilmagan yuqori chastotali to‘lqinlar 6G tarmog‘ida ishlatiladi.
LiveBarchasi