Faoliyatini yakunlagan Nurmuhamedov nima bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 oktabr 2020 43222 1 daqiqa
UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning murabbiyi Xaver Mendes o‘zining Instagram'dagi o‘z sahifasida rossiyalik jangchi karerasini tugatgandan so‘ng nima qilishi haqida so‘z yuritdi.
"Barcha zamonlarning eng buyuk jangchisi bilan xayrlashamiz va bo‘lajak chempionlarni tarbiyalash uchun menga qo‘shilgan ajoyib murabbiyni qarshi olamiz", deb yozgan Mendes.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji kuch sinashdi va 2-raunddayoq g‘olib bo‘ldi.
Nurmuhamedov uchun bu g‘alaba uning otasi Abdulmanop Nurmuhamedovning vafotidan keyingi birinchi va professional faoliyatidagi qatorasiga 29-g‘alabasi bo‘ldi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust