Falcon 9 Yer orbitasiga yana 58 ta yo‘ldoshni olib chiqdi

Olam

image

Kecha, 18 avgust kuni og‘ir raketa-tashuvchi Falcon 9 Yer orbitasiga yana 58 ta kichik sputniklarni olib chiqdi. Bu sputniklar Starlink global internet tizimini davom ettirish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar berdi.

“Starlink sputniklari muvaffaqiyatli olib chiqilgani tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

Bu Starlink loyihasini amalga oshirish boshlanganidan beri orbitaga olib chiqilgan 11-guruh sputniklar. Endi orbitadagi jam sputniklar 653 taga yetdi. Ayni vaqtda SpaceX dunyodagi eng yirik sputnikli operator hisoblanadi.

SpaceX dasturi doirasida Falcon 9 raketasi orbitaga og‘irligi 100 kilogramm bo‘lgan uchta kichik kosmik apparatni ham olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Starlink

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing