Falajlarga gapirish imkonini beruvchi chip ishlab chiqildi

Texnologiya

image

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari guruhi odamga muloqot qilish imkoniyatini qaytaruvchi neyroimplant yaratdi. Bu haqda “Chuda texniki” nashri xabar berdi

Boshdagi maxsus chip miyaning nutq uchun mas’ul bo‘lgan sohalarida fikrlarni rekord tezlikda (daqiqasiga 80 so‘z) o‘qiydi. So‘ngra neyron tarmoqqa ma’lumot uzatadi. U esa bemorning fikrlarini baland ovozda eshittiradi. 

Shuningdek, texnologiya yuz ifodalarini ham takrorlaydi. Mimikalar ekrandagi raqamli avatar orqali ko‘rsatiladi. Bunda algoritmlar video o‘yinlardagi qahramonlar uchun yuz animatsiyalarini yaratishda foydalaniladigan Speech Graphics texnologiyasidan foydalangan holda murakkab mushak harakatlarini tahlil qiladi va qayta tiklaydi. 

Kelajakda tadqiqotchilar neyroimplantni simlardan xalos qilishni va gadjetni yanada ixchamlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu texnologiya falaj bo‘lgan bemorlarga his-tuyg‘ularini ifoda etish va jamiyat bilan muloqot o‘rnatishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, Apple'ning virtual yordamchisi Siri’ni pichirlab yoki umuman ovozsiz faollashtirish imkonini beruvchi texnologiyani patentladi.


Maqola muallifi

Teglar

chip muloqot falaj Mimikalar neyroimplant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing