Hindiston birinchi chipini ishlab chiqarmoqda

Olam

image

Hindiston o‘zining birinchi chipini 2025-yilda ishlab chiqaradi. Bu haqda mamlakat janubidagi Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘zlagan mamlakat Axborot texnologiyalari vaziri Ashvini Vaishnav ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston jahon yarimo‘tkazgich bozorida muhim o‘yinchi bo‘lishga tayyor.

“Hozir biz yarimo‘tkazgichli chiplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Biz allaqachon oltita yarim o‘tkazgich zavodi qurilishini tasdiqladik. Ularning qurilishi davom etmoqda. Hindistonda ishlab chiqarilgan birinchi chip 2025 yilda chiqariladi”,  dedi u.

Hindiston hukumati avvalroq mamlakatda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish sanoatini yaratish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Shu maqsadda rasmiylar xorijiy kompaniyalarni faol jalb qilmoqda.

Hindiston elektronika va yarimo‘tkazgichlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston yarimo‘tkazgich bozorining hajmi 2030 yilga kelib 100 milliard dollardan oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston chip

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing