Falastinning yangi Bosh vaziri ilk xorijiy safarini Misrga qildi

Olam

image

Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo o‘zining yangi lavozimida Falastin milliy ma’muriyati tashqarisiga birinchi tashrifi bilan Qohiraga bordi. U Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashdi. Bu haqda Misr rahbarining matbuot kotibi Ahmad Fahmi ma’lum qildi.

"Misr Prezidenti Falastin Bosh vaziri va u rahbarlik qilayotgan hukumatga professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi va Qohira falastinliklarning mavjud muammolarni hal qilish va qonuniy huquqlarini amalga oshirishda kafolatlarga erishish istagida doimo qo‘llab-quvvatlashiga va’da berdi", deydi Fahmi. 

Misr Prezidenti matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Mustafoga safarda Rejalashtirish va xalqaro hamkorlik vaziri Vael Zakkut hamrohlik qilgan.

Bu tashrif Falastinning yangi Bosh vazirining 31 mart kuni qasamyod qilgan hukumat rahbari lavozimiga kirishganidan keyingi ilk xorijiy safaridir. Falastinning yangi Vazirlar Mahkamasi dasturiga ko‘ra, uning ustuvor vazifalari Falastin fuqarolariga (birinchi navbatda G‘azo sektori aholisi) yordam ko‘rsatish, shuningdek, G‘azo va G‘arbiy Sohildagi Falastin hududlarini qayta tiklashdan iborat. 

Shundan so‘ng yangi hukumat xotin-qizlar va yoshlarni ko‘proq jalb etish va xususiy sektor bilan ishlash orqali iqtisodiyotni yuksaltirishni, shuningdek, davlat moliya tizimini yanada shaffof va samaraliroq qilish uchun isloh qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda sud-huquq tizimiga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq institutsional islohotlar va o‘zgarishlar tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari oqibatida yuzaga kelgan gumanitar falokatdan so‘ng, 26 fevral kuni Falastinning sobiq bosh vaziri Muhammad Shtaye 2019 yildan beri egallab turgan lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. 14 martda Falastin Prezidenti Abbos yangi hukumatni shakllantirish uchun Falastin milliy jamg‘armasi direktori Muhammad Mustafoni tayinladi. Bosh vazir Mustafo 28 mart kuni yangi vazirlar mahkamasi tarkibini Abbosga taqdim etdi. Abbos Prezident farmoni bilan hukumatga ishonch votumini e’lon qildi. 31 mart kuni Muhammad Mustafo qasamyod qildi


Maqola muallifi

Teglar

Misr Falastin Abdulfattoh as-Sisi Muhammad Mustafo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing