Falastinni yoqlagan va Putinga ogohlantirish bergan Berni Nevada shtatida g‘alaba qozondi
Olam
−
23 fevral 2020
5143Senator Berni Sanders Nevada shtatida yetarli ovoz to‘plagandan keyin AQSH saylovlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda bugun, 23 fevral kuni AQSHning yetakchi ommaviy axborot vositalari ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, Sanders 47,6 foiz ovoz to‘plagan. Undan so‘ng 19,5 foiz ovoz olgan AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden turibdi. Undan keyingi o‘rinda Saut-Bendning sobiq meri va Pit Battigich turibdi. Ularning har biri 15 foizdan ovoz to‘plagan.
Avvalroq Sanders AQSH Falastin-Isroil mojarosida Falastin taraf bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u Putinni AQSH saylovlariga aralashmaslikka chaqirdi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi