Falastindagi yashirin qo‘llar: G‘azodagi urushda AQSH askarlari ham ishtirok etyaptimi?

Olam

image

Isroilning G‘azoga hujumi ikkinchi oyga yetarkan, AQSHning ushbu qatliomdagi ishtiroki yashirincha qolmoqda. Sababi bu Amerikaning Yaqin Sharqdagi manfaatlariga putur yetkazishi mumkin

G‘azodan qochib chiqqanlarning guvohlik berishicha, Vashington G‘azoda jang qilayotgan quruqlikdagi qo‘shinlari borligini inkor etsa-da, Isroilning G‘azoga hujumida Qo‘shma Shtatlarning roli ortib bormoqda.

Falastinlik evakuatsiya qilingan shaxs "Al-Jazeera"ga bergan intervyusida u yerda amerikalik askarlarni ko‘rganini aytgan. "Ular harbiy safda edi. Jangovar kiyimlarida Isroilga tegishli bo‘lmagan bayroq ko‘zga tashlanardi", degan u. 

Jurnalistning savoliga javoban, olov ichidan chiqib kelgan falastinlik o‘smir: “Ha, biz ko‘rgan askarning formasida Amerika bayrog‘i bor edi. Akam u bilan eshik oldida gaplashdi", deya qo‘shimcha qilgan.

Bu esa allaqachon G‘azoda "Delta Force" – AQSH armiyasining terrorizmga qarshi elita bo‘linmasi HAMASga qarshi ishlayotganini anglatadi.

"Hozirgi bosqichda bu spekulyativ, ammo Suriya va Iroq kabi mojaro zonalarida qon kechgani bilan mashhur bo‘lgan "Delta Force" kuchlarining mavjudligi haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin", deydi doktor Andreas Krieg – London King's kolleji xavfsizlik tadqiqotlari maktabi yordamchisi "Doha News"ga.

Kriegning aytishicha, bunday kuchlar muntazam harbiy operatsiyalarda emas, balki jiddiy vazifalarni bajarish uchun harakatga keltiriladi. 

AQSHning bu strategiyasi, ya’ni kichik, ixtisoslashgan guruhlar yordamida eng muhim operatsiyalarni bajarish uslubi boshqa arab mamlakatlari va Afg‘onistondagi urushlarda ham ancha ish bergan.

"Shunga qaramay, Isroil tomonidan Amerika harbiylarining jang qilayotgani isbotlansa, bu Yaqin Sharqda kattagina shov-shuvga sabab bo‘ladi", deydi Krieg.

Pentagonning harakatlari ham Amerikaning Suriya va Afg‘onistondagi urushlarda toblangan jangchilari G‘azoda urishayotgani haqidagi taxminlarni asoslaydi. Jumladan, so‘nggi paytlarda AQSH harbiylari Yaqin Sharqda yanada faollashib, samolyot tashuvchisi yordamida qiruvchilarini harakatga keltirdi va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ushbu hududga oshkora joylashtirdi.

Biroq, Amerika maxsus kuchlarining Isroildagi o‘rni va ularning Isroil mudofaa kuchlariga yordami haqida tafsilotlar ochiqlanmayapti.

"The New York Times" gazetasining yozishicha, Isroilga bir necha o‘nlab tajribali harbiylar yuborilgan va ular mashg‘ulotlarda qatnashgan jamoani to‘ldirgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, katta maxsus operatsiyalar ustasi bo‘lgan dengiz piyodalari korpusi generali Isroilga quruqlikdagi operatsiyalar bo‘yicha ko‘mak berish uchun yuborilgan.

Bu harakatlar G‘azoda Amerika bayroqlarini ko‘tarib yurgan askarlarning borligi, tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, AQSHning ishtiroki qator savollarni tug‘diradi.

“To‘g‘ri, Eron va "qarshilik o‘qi"ga qarshi o‘z pozitsiyasini egallash AQSH uchun muhim ahamiyatga ega, ammo ayni paytda ular tomonidan aytarli hujumlar uyushtirilmayapti. Qo‘shma Shtatlarning Isroilga har yili milliardlab dollar pul berishini hisobga olsak, allaqachon mamlakat armiyasi mukammal ko‘rinishga kelgan bo‘lishi kerak”, deydi xavfizlik bo‘yicha mutaxassis bunga o‘z munosabatini bildirib.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo AQSh harbiylari Delta Force

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing