Falastindagi vaziyat mintaqada mojarolar keltirib chiqarishi mumkin – Imomali Rahmon

Olam

image

Falastindagi hozirgi vaziyat mojaro Yaqin Sharq mintaqasidagi boshqa mamlakatlarga ham tarqalishi mumkinligi haqida ulkan xavotir tug‘dirmoqda. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Global janub ovozi” uchinchi sammitida so‘z ochdi. 

Tojikiston Prezidenti Falastindagi fojiali vaziyat xalqaro hamjamiyatni chuqur tashvishga solayotganini qayd etdi.

“Hozirda ushbu mojaro alangasi Yaqin Sharq mintaqasidagi boshqa mamlakatlarga ham yoyilish ehtimoli bor. Biz tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinch muzokaralarini o‘tkazishga chaqiramiz”,  deydi u. 

Shu munosabat bilan Prezident xalqaro hamjamiyatni Falastinda mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, Tojikiston BMTning mustaqil Falastin davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarini amalga oshirish tarafdori va bu muammoni hal qilishning yagona samarali yo‘li, deb biladi.

Imomali Rahmon zamonaviy dunyoning turli mintaqalarini notinchlik va qurolli to‘qnashuvlar to‘lqini qamrab olgani, geosiyosiy keskinlik misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani siyosiy barqarorlikni, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini jiddiy ravishda yomonlashtirib, ko‘plab janjallar va tajovuzlarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi. Shu nuqtai nazardan, u kelajakda barqaror rivojlanish sayyorada tinchlik va xotirjamlikni saqlash bilan bevosita bog‘liqligini alohida ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Hindiston “Global janub ovozi” sammitiga uchinchi bor mezbonlik qilmoqda. Global janub deganda shartli ravishda Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari, Tinch okeani orollari va Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari tushuniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made