Falastin TIV: “Pompeo BMTning g‘azabini keltirdi”

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo dalillarni qalbakilashtirmoqda va xalqaro huquqiy tizimni buzishga harakat qilmoqda, deyiladi Falastin TIV bayonotida.

"Pompeo Falastin hududidagi Isroil aholi punktlarida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning ro‘yxatini e’lon qilib, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi g‘azabini keltirdi. U Tramp ma’muriyatining so‘zlari va xatti-harakatlari "haqiqat" ekanligini ta’kidlab, Isroilning qonunbuzarliklari va jinoyatlariga oid xalqaro tanqidni yumshatishga harakat qilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Vazirlik bunday ma’lumotlar Falastin-Isroil mojarosi haqiqati, tarixi va dalillariga zid ekanligini ta’kidladi.

Falastin Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, AQSHni "Isroilni mafkuraviy qo‘llab-quvvatlashda" aybladi. Bayonotda aytilishicha, bunday qadamlar xalqaro huquq tizimiga putur yetkazadi va BMT qarorlariga ziddir.

Fevral oyi boshida BMTning Oliy komissari idorasi Falastin hududidagi Isroil aholi punktlarida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Uning tarkibiga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining 31/36 rezolyutsiyasi bilan taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullanadigan 112 ta kompaniya kirdi. Ushbu kompaniyalar orasida 94 tasi Isroilda, 18 tasi AQSH, Gollandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg va Tailandda joylashgan. Ro‘yxatga Airbnb, Expedia, eDreams, TripAdvisor, Alstom va Booking.com kirdi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 31/36-sonli rezolyutsiyasiga binoan kompaniyalar ro‘yxati har yili yangilab borilishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Donald Trampning Isroil va Falastin haqidagi rejasida Falastin davlatida AQSH elchixonasini ochishni ko‘zda tutilgan. "Asr kelishuvi" amalga oshishi bilan Falastin maydonini ikki baravar ortishi va mamlakatda 1 millionga yaqin ish o‘rni yaratilishi kerak.

Bundan tashqari, falastinliklar Isroilga qarshi terrorni hamda HAMASni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerak. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning taklifi Falastinning to‘liq huquqli davlatni shakllantirish uchun so‘nggi imkoniyat.

Shuningdek, Quddus Isroilning ajralmas poytaxtiga aylantirilishi kerak. 
 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Falastin Isroil Mayk Pompeo

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing