Falastin Prezidenti Putinga “sim qoqdi”. Ular nimani muhokama qildi? 

Olam

image

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Mahmud Abbos suhbat chog‘ida 24 iyun kungi Prigojin isyoni voqealari Rossiya rasmiylari amalga oshirgan harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. 

Muhokama qilingan yana bir mavzu Falastin-Isroil kelishuvi bo‘lgan. Putin Rossiya tomoni Falastin-Isroil mojarosini mavjud xalqaro-huquqiy asosda adolatli va barqaror hal etish tarafdori bo‘lgan prinsipial pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlagan. Rossiya yetakchisi, shuningdek, Mahmud Abbos va barcha Falastin xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan qutlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonda Vladimir Putinga Qur’on kitobini sovg‘a qilishgandi. Shuningdek, u Shvetsiyada Qur’onning yoqilishini qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing