Falastin masalasida Xitoyning pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 noyabr 2023
34201Falastinliklarning o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lish huquqining toptalishi Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishiga olib keldi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I aytib o‘tdi.
"Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaroning tugamasligiga sabab Falastin xalqining davlatchilik huquqlariga uzoq vaqt davomida e’tibor bermaslik bilan bog‘liq", degan u.
Shuningdek, Xitoy Tashqi ishlar vaziri mojaroni hal qilish uchun "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyilini amalga oshirish kerakligini ma’lum qilgan.
"Mustaqil Falastin davlatini yaratish bugungi kunda qon to‘kilishlarini to‘xtatishning eng maqbul yo‘li", degan Van I.
Shu bois ham Xitoy ayni paytda mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiya chaqirish va yo‘l xaritasini ishlab chiqishni talab qilayotgani ham ma’lum qilingan.
"Falastin muammosi adolatli tarzda yechilmas ekan, mintaqada tinchlik o‘rnatib bo‘lmaydi", degan u.
LiveBarchasi