Falastin Isroil va AQSH bilan imzolangan barcha kelishuvlarni bekor qildi

Olam

image

Falastin AQSH va Isroil bilan barcha kelishuvlarni bekor qilishga qaror qildi. Isroil hukumatining arab davlati yerlarini anneksiya qilish niyati borligi bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

“Falastin Ozodlik Tashkiloti va Falastin hukumati bugun AQSH va Isroil bilan xavfsizlik bilan bog‘liq barcha bitimlar bo‘yicha majburiyatlardan voz kechmoqdalar“, deydi Falastin rahbari Mahmud Abbos.

Falastinlik siyosatchi bir necha bor Isroil bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishni to‘xtatishi haqida ogohlantirgan. Ammo amalda hech nima qilmagan.

Ilgari Falastin tomoni Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Isroil xavfsizlik kuchlari bilan, shuningdek AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) bilan hamkorlik qilgan. Shu bilan birga, Abbos falastinliklar uchinchi tomon vositachiligi bilan Isroil bilan muzokaralarga qaytishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

2020 yil yanvar oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp Falastin-Isroil kelishuvi bo‘yicha “Asr kelishuvi“ shartlarini chaqirdi. Shartlardan biri Falastin hududida joylashgan yahudiy aholi punktlari ustidan Isroilning suverenitetini tan olish va arab davlatining qurolli kurashdan chiqishi edi. Tabiiyki bunga Falastin ko‘nmadi va shartnomani rad etdi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing