Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari bo‘ladi

Sport

image

Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori  qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, “Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi” unvoniga, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati, O‘zbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha maslahatchi etib biriktiriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi mavjud oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mazkur qarorda belgilangan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyot o‘tashi tashkil etiladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi bo‘limida “Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing