Faqat sayyohlardan iborat kosmik kema muvaffaqiyatli parvoz amalga oshirdi (video)

Olam

Bugun, 19 sentyabr kuni Crew Dragon kosmik kemasi uch kunlik parvozdan so‘ng, yerga qaytdi va Atlantika okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ekapaj professional fazogir bo‘lmagan oddiy insonlardan tarkib topgan. Bu haqda SpaceX saytida xabar berildi

Bu ilk sayyohlik parvozi safatida talqin qilinmoqda. Sayyohat yer orbitasi bo‘ylab amalga oshirilgan. Kema bortida “Inspiration 4”, deb nomlangan missiyaning 4 a’zosi bor edi: “Shift4 Payments” boshlig‘i, milliarder Jared Ayzekman (38 yosh), shifokor Xeyli Arseno (29 yosh), geofizik va uchuvchi Sian Proktor (51 yosh) va Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy havo kuchlar faxriysi Kristofer Sembroski (42 yosh).

“Inspiration 4” ekipaji joriy yilning 15 sentyabr kuni NASA’ning Kennedi markazidan bortda professional kosmonavtsiz havoga ko‘tarilgan. Butun sayohat to‘liq avtomatlashtirilgan edi.

Qayd etilishicha, missiyaning maqsadi – Memfisda joylashgan “St. Jude Children's Research Hospital” nomli bolalar shifoxonasi uchun 200 millon AQSH dollari yig‘ish edi. Ushbu shifoxona saraton kasalligini davolashga iqtisoslashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyul kuni Amazon asoschisi, milliarder Jeff Bezos o‘zining  Blue Origin kompaniyasi tomonidan qurilgan New Shepard kosmik kemasida kosmosga muvaffaqiyatli parvoz qilgandi. Bundan avval, 11 iyul kuni milliarder, “Virgin Galactic” asoschisi Richard Branson o‘zining raketasida kosmosga parvoz qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made