Faqat oldinga – Ramos PSJda qizil kartochka olgani haqida
Sport
−
23 dekabr 2021
4009“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos Fransiya chempionati doirasida “Loryan”ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, Twitter sahifasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun o‘rganish uchun yangi kun. Ertaga yaxshilanish uchun yangi kun. Faqat oldinga”, deya yozgan Ramos.
Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda 81 va 85-daqiqalarda sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi PSJga o‘tganidan beri Liga 1 da atigi ikkita o‘yin o‘tkazgan xolos.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” sobiq sardori “Oltin to‘p” marosimidan so‘ng, hozirgi jamoadoshi Lionel Messini dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligini aytib o‘tgandi.