Facebook Ukraina poytaxti nomini o‘zgartirdi
Olam
−
27 iyun 2020 19338 1 daqiqa
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i Kiyev nomini ingliz tilida yozish qoidasini o‘zgartirishga qaror qilgan. Endi u "Kiev"dan "Kyiv"ga aylantirildi.
"Ijtimoiy tarmoq muhandislari barcha ma’lumotlarni “Kyiv”ga o‘tkazishga qaror qildi. Ilgari, agar bizning poytaxtimizni belgilashni xohlasangiz, algoritm “Kiev” variantni taklif qilardi. Endilikda “Kyiv” - Ukraina poytaxtini eslatuvchi manzillar va joylarni ko‘rsatadi. Bunda faqat ukrain tilidagi transliteratsiyadan foydalaniladi, rus tilidan emas", deb yozdi Suleba Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Shu bilan birga, ushbu "qayta nomlash" Kiyev nomidagi eski belgilarga ta’sir qilmaydi va yangilari “to‘g‘ri” bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u ijtimoiy tarmoqqa bunday qaror uchun minnatdorchilik bildirgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr