Facebook'da yangi reaksiya paydo bo‘ldi

Texnologiya

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilariga yangi reaksiyani qo‘shdi. Ushbu smaylik hozirda dunyoda bo‘layotgan jarayonlarda foydalanuvchilar bir birini qo‘llayotganini izhor qilish uchun taqdim etildi.

Reaksiya tabiiy ofatlar paytida post, xabar, fotosurat yoki videoni sharhlashda g‘amxo‘rlik va hamjihatlikni namoyish etish uchun mo‘ljallangan. Smaylik sariq yuz yurakchani quchoqlab turgan holatda tasvirlangan. Messenger ilovasida bu ma’noni anglatuvchi smaylik urayotgan safsar rangli yurakcha ko‘rinishida taqdim etilgan.

Reaksiya kiritish uchun foydalanuvchilar mobil dasturlardagi “Yoqdi“ tugmachasini ushlab turishlari kerak. Ushbu reaksiya ilovada uzoq vaqt qoladimi yoki vaqtinchami ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook

Baholaganlar

231

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing