Facebook ham endi O‘zbekistonga soliq to‘laydi
Texnologiya
−
20 may 2020
7572Irlandiyadan ro‘yxatdan o‘tgan "Facebook Technologies Ireland Limited" kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Ushbu kompaniya qo‘l ostidagi Facebook tarmog‘i endi mamlakatda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Qayd etilishicha, Facebook 19 may kuni Soliq qo‘mitasi ro‘yxatidan xizmatlar va tovarlarni elektron shaklda sotish bilan shug‘ullanuvchi 11-xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatga kiritilgan.
Avvalroq, Google va Apple kompaniyalari ham O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida qayt etilgan edi. Joriy yilning I choragi yakunlariga ko‘ra Google 85 ming yevro soliq to‘lagan bo‘lsa, Apple 59,2 ming AQSH dollari miqdorida soliq to‘ladi.
LiveBarchasi