Fyuri va Joshua bilan muzokara o‘tkazyapmiz – Usikning promouteri 

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usikning (19-0, 13 KO) promouteri Aleksandr Krasyuk o‘z mijozining kelajagi haqida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalikning jamoasi Tayson Fyuri va Entoni Joshua bilan ehtimoliy jang bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

“Hozircha e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan aniq yangilik yo‘q. Biz Fyuri va Joshua bilan muzokara o‘tkazyapmiz. Bizda yangi yilga qadar vaqt bor. Katta ehtimol bilan “lo‘lilar qiroli”ning navbatdagi raqibi Dillian Uayt bo‘ladi”, deydi Krasyuk.

Shuningdek, Krasyuk Usik va Joshua haqidagi revansh jangi haqida gapirib o‘tdi:

“Usik va Joshuaning revanshi? Bilasizmi, gap Joshuaning nima istayotgani haqida emas. Buning bir nechta shartlari mavjud, ularning har biri bajarilishi kerak. Juda qiyin kombinatsiya, lekin biz buni amalga oshirish uchun harakat qilmoqdamiz. Usik revanshdan qochishi ehtimoli ham bor”.

Eslatib o‘tamiz, bokschilarning revansh jangi 2022 yilning birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 25 sentyabr kuni Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgan va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

WBC Joshua IBF Prof boks F'yuri Usik WBO WVA (Super)

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing