F-16 samolyotining Ukraina osmonida qulashi Rossiya zarbasining natijasi emas – Pentagon

Olam

image

26 avgust kuni Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyoti Ukraina hududiga qulab tushgandi. Halokat Rossiya zarbasi oqibatida sodir bo‘lmagan. Bu haqda Pentagon vakiliga tayanib, "Reuters" agentligi xabar berdi.

Hodisaga aynan nima sabab bo‘lgan – uchuvchi xatosi yoki mexanik nosozlik – hali aniqlanmagan.

Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni tushuntirishicha, 26 avgust kuni Rossiya raketalar va uchuvchisiz samolyotlar yordamida yirik raketa zarbasini berdi, ertasi kuni yana bir katta zarba bo‘ldi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 27 avgust kuni F-16 qiruvchi samolyotlari dushanba kungi hujumni qaytarish uchun ishlatilgani va yaxshi natijalar ko‘rsatganini aytdi.

Avvalroq, 5 avgust kuni Zelenskiy Ukraina harbiylari F-16 samolyotlaridan foydalanishni boshlaganini e’lon qilib, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan deyarli ikki yarim yil o‘tib Amerikada ishlab chiqarilgan qiruvchilarning uzoq kutilgan kelishini tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made