Yozuvchi Dadaxon Nuriy 78 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Dadaxon Nuriyning 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, janoza namozi bugun, 12 iyul kuni soat 19:00 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Tamaraxonim ko‘chasi 2-uy hovlisida o‘qiladi. Marhum “Minor” qabristoniga qo‘yiladi.

Yozuvchi Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan. Hamza nomidagi akademik drama teatrida rassom, maxsus maktablarda hind tili o‘qituvchisi, “Guliston”, “Gulxan” jurnallari va O‘zbekiston televideniyesida adabiy xodim va muharrir bo‘lib ishlagan.

Dadaxon Nuriy so‘nggi yillarda “Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar” (2010), “Olisdagi dala bog‘”, “Iztirob” (2017), “Vijdon hayqiriqlari” (2018) kabi kitoblarni yozdi. Asarlari hind, urdu, ingliz, qozoq, koreys, turk va rus tillariga tarjima qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval texnologiyasi sohasidagi taniqli olim Temurjon Otaqo‘ziyev 85 yoshida hamda taniqli jurnalist va adiba Farida Usmonova 100 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

yozuvchi

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing