Yozda “Barselona” tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ladi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi rahbariyati yozda jamoa tarkibida katta o‘zgarishlar qilmoqchi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub sport direktori Dekuga Xavi ketganidan keyin tarkibni sezilarli darajada yangilash vazifasi yuklangan. Jamoani olti nafargacha futbolchi tark etishi kutilmoqda. Markos Alonso va Serxi Roberto faoliyatini “ko‘k-anorranglilar” safida davom ettirmaydi, chunki ularning klub bilan shartnomasi yozda tugaydi.

Shuningdek, Rafinya, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen va Jyul Kundega ham chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin.

Transferlar borasida Deku Alexandro Balde o‘rniga yarim himoyachi, chap qanot himoyachisi va chap qanot himoyachisini tarkibga jalb qilishga harakat qiladi. Shuningdek, sport direktori zimmasiga ijaraga olingan Joau Kanselu va Joau Felishni jamoada olib qolish vazifasi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing