Ey, xon! – qozog‘istonlik dehqonlar hokimga tiz cho‘kib, murojaat qildi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh odamlar Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Darxon Sotibaldi bilan uchrashuvga kelgani aytilayotgan video tarqalmoqda.

Videoda ko‘rish mumkin, kelganlardan biri: “Bizga hokim emas, xon keldi (viloyatga – tahr.). Xondan tiz cho‘kib so‘rashingiz kerak. Shuning uchun, ta’zim qiling, hech bo‘lmaganda oldingizga chiqsin”, degan.

Shundan so‘ng 50 ga yaqin kishi, darvoqe, asosan keksalar, xotin-qizlar ham bor, “Ey xon!” deb ta’zim qilgan.

Turkiston viloyati hokimi matbuot xizmati videodagilar Shardara, To‘lebiy, Jetisoy, Maqtaral va O‘rdabasi tumanlari dehqonlari ekanini ma’lum qildi. Ular paxta narxi masalasini hal qilishda yordam berish uchun hokim huzuriga kelishgan.

“21 sentyabr kuni hokim yig‘ilish o‘tkazdi, dehqonlar bilan uchrashdi. Agar paxtani qayta ishlash korxonalari va xaridorlar 1 tonna paxta narxini 180 ming tenge deb baholagan bo‘lsa, muzokaralar chog‘ida narx 250 ming tenge etib tasdiqlandi. Ayni paytda paxta xomashyosini qabul qilish uchun 209 paxta qabul qilish punkti va 22 paxtani qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritmoqda. Biroq bu borada e’tiborga olish kerak bo‘lgan bitta muammo borki, paxtani qayta ishlash korxonalari xususiy bo‘lganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan talab qo‘yilmaydi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Shu bois viloyat hokimligidan Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga paxta yetishtirish uchun subsidiyalar ajratish bo‘yicha taklif yuborilgan. Ammo dehqonlar hokimga murojaatida aytgan yana bir munozarali masala – yer masalasi. Dehqonlar hokim Darxon Sotibaldidan masalaning yechimiga ta’sir ko‘rsatishni so‘ragan.

“Aniqlanishicha, O‘rdabasi tumanida joylashgan “Iqilaslas-Temir” ishlab chiqarish kooperativida nizo kelib chiqqan bo‘lib, ish sudda ko‘rib chiqilmoqda. Mahalliy hokimiyat organlarining sud jarayoniga aralashuvi qonun bilan taqiqlangan”, deyiladi Turkiston viloyati hokimi matbuot xizmati xabarida.

Darxon Sotibaldining oldiga kelgan dehqonlar bilan uning o‘rinbosarlari va tegishli boshqarmalar boshliqlari uchrashib, tushuntirish ishlarini olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

825

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing