“Everton” klubi sotuvga qo‘yildi

Sport

−

image

Angliyaning “Everton” klubi egasi – The Friedkin Group (TFG) jamoani sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“TFG “Everton” boshqaruvini o‘z qo‘liga olganida, klub maydonda ham, undan tashqarida ham jiddiy moliyaviy noaniqlik va qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi. Bizning birinchi ustuvor vazifamiz klub kelajagini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barqarorlik, investitsiya va qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sodiq muxlislarga uzoq vaqtdan beri va’da qilingan stadion qurilishiga ko‘maklashishdan iborat edi. Endi bu asoslar mustahkamlanganidan so‘ng, “Everton” taraqqiyotining keyingi bosqichini ko‘rib chiqish vaqti keldi. Biz faqat klubni oldinga olib chiqish va uning muvaffaqiyatlarini mustahkamlashga qodir deb hisoblagan tomonlarning takliflarini ko‘rib chiqamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Ma’lumot uchun, TFG 2024 yilda “Everton”ni sotib olgan edi. O‘tgan mavsumda jamoa Angliya Premer-ligasida 13-o‘rinni egalladi. Joriy mavsumda esa beshta uchrashuvdan keyin to‘plagan to‘qqiz ochkosi bilan turnir jadvalining yettinchi pog‘onasidan joy olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing