Estoniyada o‘qituvchilarning muddatsiz ish tashlashi boshlandi
Olam
−
22 yanvar 2024
5071Bugun, 22 yanvar kuni Estoniyada o‘rta maktab o‘qituvchilari ish haqini oshirishni talab qilib, muddatsiz ish tashlashni boshlaydi. Bu haqda Estoniya milliy teleradiokompaniyasi ERR xabar berdi.
Aytilishicha, ish tashlashda qatnashayotganlarning talabi o‘rta maktab o‘qituvchilari uchun eng kam oylik ish haqini 1950 yevro qilib belgilashdan iborat. Ish tashlash tashkilotchilarining ta’kidlashicha, ishning og‘irligi va juda kam ish haqi o‘qituvchilarning yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari xodimlari ham 24 yanvar kuni uch kunlik birdamlik namoyishi bilan ularga qo‘shiladi.
Shuningdek, o‘qituvchilar bugun, 22 yanvar kuni Tallindagi parlament binosi yonida, 24 yanvar kuni esa talabalar shaharchasi Tartuda miting uyushtirishi kutilmoqda.
“Norstat” tomonidan o‘tgan hafta o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Estoniya fuqarolarining 67 foizi o‘qituvchilarning ish tashlashini qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida buyuk Британияда shifokorlar, Germaniyada esa poyezd haydovchilari ish tashlagandi.
LiveBarchasi