Estoniya ham rus tiliga qarshi “urush” e’lon qildi
Olam
−
17 yanvar
5354Estoniya hukumati milliy ozchiliklar uchun rus tilidagi ta’limni moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qildi. Tallin esa barcha fuqarosining eston tilida o‘qishini xohlaydi. Bu haqda respublika Bosh vaziri Kaya Kallas parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.
Kallas parlament a’zolarining yagona eston tilli ta’limga o‘tishning turli jihatlari bo‘yicha savollariga javob berar ekan, bu davrdagi vaziyat va hukumatning harakatlarini tushuntirdi.
"Konstitutsiyada to‘g‘ri yozilgan: Estoniyaning davlat tili - eston tili va har kim ona tilida o‘qish huquqiga ega", deydi Bosh vazir.
Kallasning qayd etishicha, hukumat estoniyalik bolalarni ruslashtirishni xohlamaydi.
"Hukumat rus tilidagi ta’limni moliyalashni to‘xtatib, yagona eston tilidagi ta’limga o‘tish niyatida", dedi Kallas.
Shuningdek, Kallas yagona eston tilida ta’limga o‘tishdan maqsad barcha estoniyaliklarning yagona axborot makonida bo‘lishi, Estoniyada eston tilini o‘rganishi va eston tilidan tobora ko‘proq odamlar foydalanishini ta’kidladi.
Kallasning fikricha, rus tilida ta’limning mavjudligi respublika uchun katta muammoga aylangan. Siyosatchi ikki tilli tizimdan voz kechish avvalroq sodir bo‘lmaganidan afsusda ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Litva Ta’lim, fan va sport vaziri Gintautas Yakshtas joriy yilning 5 yanvar kuni o‘rta maktablarda rus tilida o‘qitishdan bosqichma-bosqich voz kechishni taklif qilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr