Estoniya Bosh vaziri iste’foga chiqishi mumkin
Olam
−
12 iyul
3802Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas joriy yilning 15 iyul kuni Alar Karisga o‘z iste’fosini taqdim etishi mumkin. Bu haqda ERR davlat teleradio portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, agar Bosh vazir iste’foga chiqsa, respublika hukumati to‘liq iste’foga chiqadi. Prezident parlamentdagi partiyalar vakillari bilan maslahatlashganidan so‘ng hukumat rahbari lavozimiga navbatdagi nomzodni vazirlar mahkamasida shakllantirishni taklif qiladi. Yangi hukumat iyul oxiri – avgust oyining boshida ish boshlashi kutilmoqda.
Bildirilishicha, Kallasning iste’fosi Yevropa Kengashi iyun oyi oxirida uning Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili lavozimiga tayinlanishini ma’qullagan paytga to‘g‘ri keldi. U oktyabr oyida Yevropa Ittifoqining amaldagi diplomatiya rahbari Josep Borrelning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kaya Kallas estoniyalik huquqshunos, siyosatchi va davlat arbobi bo‘lib, 2021 yilning 26 yanvaridan Estoniya Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Islohotlar partiyasi raisi, Yevropa Liberallar va Demokratlar Alyansi va Estoniya parlamenti tarkibidagi Yevropa parlamentining sobiq a’zosi.
LiveBarchasi