Estoniya Bosh vaziri iste’foga chiqdi
Olam
−
15 iyul 2024 4730 1 daqiqa
Bugun, 15 iyul kuni Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas rasman iste’foga chiqdi. Bu haqda “ERR News” xabar berdi.
Bosh vazir mamlakat Prezidenti Alar Karisga o‘z iste’fosini taqdim etgan. Kallas Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili lavozimiga nomzodi ko‘rsatilganidan keyin iste’foga chiqdi. U yangi koalitsiya qasamyod qilguniga qadar hukumat rahbari bo‘lib qoladi. Yangi hukumat avgust oyi boshida ishga kirishishi mumkin.
Kallas 2021 yildan beri Bosh vazir lavozimini egallab kelayotgandi. U ketma-ket uchta hukumatni boshqargan. U 2024 yilning yoz fasli oxirida Islohotlar partiyasi raisi lavozimini ham tark etadi.
Ma’lumot uchun, Kaya Kallas estoniyalik huquqshunos, siyosatchi va davlat arbobi bo‘lib, 2021 yilning 26 yanvaridan Estoniya Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Islohotlar partiyasi raisi, Yevropa Liberallar va Demokratlar Alyansi sobiq a’zosi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaya Kallas iste’foga chiqishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025