Estoniya ham Rossiya bilan chegarasini yopishi mumkin

Olam

image

Estoniya o‘z fuqarolarini Rossiyaga har qanday sayohat qilishdan ogohlantirdi va mamlakat hukumati muhojirlar oqimidan xavotirlar tufayli Rossiya bilan chegarani vaqtincha yopishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Estoniya Tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ma’lum qildi. 

Estoniya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, mamlakat Rossiyadan bo‘ladigan migratsiya bosimi tufayli qisqa vaqt ichida chegara punktlarini vaqtincha yopishi mumkin.

“Endi Rossiyaga bormaslik tavsiya etiladi”, deydi Margus Saxkna.

Uning tushuntirishicha, agar Estoniya chegarasini vaqtincha yopsa, hozir Rossiyada bo‘lganlar qaytib kela olmaydi.

Ma’lumot uchun, Estoniya va Rossiya o‘rtasidagi chegara uzunligi 333 kilometrni tashkil etadi. Chegarada oltita ochiq nazorat-o‘tkazish punkti mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya noqonuniy muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan chegaradagi so‘nggi nazorat-o‘tkazish punkti yopilganini e’lon qilib, Moskvadan gibrid hujumga uchraganini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Estoniya muhojirlar oqimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing